"Manchester Yunayted" hujumga uch futbolchi tanladi

  • 01.08.2026 16:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Manbaning xabar berishicha, «Manchester Yunayted» joriy transfer oynasida hujum chizig‘ini yangi futbolchi bilan to‘ldirishni maqsad qilgan.

Klub bir qator nomzodlarni belgilab olgan. Xususan, manchesterliklar «Chelsi» forvardi Liam Delap, «Aston Villa» hujumchisi Olli Uotkins hamda erkin agent maqomiga ega Dushan Vlahovich nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Serbiyalik futbolchi yaqinda «Yuventus» klubini tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «Manchester Yunayted» Angliya premyer-ligasini uchinchi o‘rinda yakunlagan edi. Shu natija tufayli mankuniyanliklar kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!