“Manchester Yunayted” irodali tarzda “Midlsbro”ni taslim qildi
Angliya chempionati 19-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” va “Midlsbro” o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga etdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobidagi irodali g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 67-daqiqasida Lidbitter hisobni ochgan bo‘lsa, 85-daqiqada Marsyal muvozanatni tikladi. 1 daqiqa o‘tar o‘tmas Pogba hisobni oshirdi. Shu tariqa “MYu” qiyinchilik bilan g‘alabaga erishdi.
Manchester Yunayted – Midlsbro 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 67 Lidbitter, 1:1 – 85 Marsyal, 2:1 – 86 Pogba.
Manchester Yunayted – De Xea, Valensiya, Smolling (Reshford, 72), Bayi, Blind (Roxo, 64), Fellayni (Mata, 64), Errera, Pogba, Mxitaryan, Marsyal, Ibragimovich.
Midlsbro – Valdes, Chembers, Frend, Espinosa, Gibson, de Ron, Lidbitter (Kleyton, 78), Traore (Fabio, 82), Forshou, Dauning (Ramires, 63), Negredo.
Ogohlantirishlar: Blind (57), Chembers (90).



Fikrlar