"Manchester Yunayted" jamoani "Barselona" yarim himoyachisi bilan kuchaytirmoqchi

  • 29 yanvar, 2023, 21:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong hamon "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida. "Barca Universal" nashri xabariga ko‘ra, mankunianliklar ustozi Erik ten Xag jamoa rahbariyatidan o‘z vatandoshining transferini talab qilmoqda. Yozda "qizil iblislar" 25 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish uchun yana bir urinib ko‘radi.

De Yong Amsterdamning "Ayaks" klubiga 2019 yilning yozida "ko‘k-anorranglilar" safiga kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda niderlandiyalik yarim himoyachi 23 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, de Yongning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning hozirgi narxi 50 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!