
“Manchester Yunayted” katta transferga qo‘l urmoqda
Yangi mavsumda Evropa Chempionlar ligasida o‘ynaydigan “Manchester Yunayted” tarkibini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Sky Sports nashrining ma’lumotiga ko‘ra, bosh murabbiy Erik ten Xag o‘z jamoasida “Bavariya” futbolchisi Leon Goretskani ko‘rmoqchi.
Manbaning ta’kidlashicha, “Manchester Yunayted” mutasaddilari 28 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha myunxenliklarni qoniqtiradigan taklif tayyorlayaptti.
Shunga qaramay, Leon Goretskaning o‘zi “Bavariya”da qolmoqchi. Myunxen klubi murabbiylar shtabi futbolchiga asosiy tarkibdan joy kafolatlamagan bo‘lsa-da, u jamoasini o‘zgartimoqchi emas.
Goretska Bundesliga chempioni safida 2018 yildan beri to‘p tepmoqja. O‘tgan mavsumda tajribali yarim himoyachi barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda qatnashib, oltitadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar