“Manchester Yunayted” Kazemiro o‘rinbosari uchun 200 million yevro tikadi

  • 09.03.2026 15:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasidagi mavqeini tiklab borayotgan “Manchester Yunayted” jamoaning tajribali yarim himoyachisi Kazemiroga o‘rinbosar qidirmoqda.

Braziliyalik yulduzning mavsum oxirida shartnomasi tugaydi va u klubni tark etadi. Chunki manchesterliklar katta maosh olayotgan futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirmaslikka qaror qildi.

Kazemironing ketishi klubning transfer siyosatiga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Shu bois, manchesterliklar yozgi transfer kampaniyasiga katta miqdorda sarmoya kiritishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Chunki “Manchester Yunayted” mutasaddilari ham tayanch yarim himoyachi pozitsiyasini jiddiy tarzda kuchaytirish kerak, degan xulosaga keldi. Xabar qilinishicha, klub Kazemironing o‘rnini bosishga qaratilgan transfer kampaniyasi uchun taxminan 200 million yevro sarflashga tayyor.

Ustuvorlik Angliya chempionatida o‘ynash tajribasiga ega futbolchilarga beriladi. Ehtimoliy nomzodlar qatorida Bruno Gimaraïnsh, Sandro Tonali va Elliot Anderson tilga olingan. Kengaytirilgan ro‘yxatga Adam Uorton va Joau Gomes ham kiritilgan.

Hozircha ushbu futbolchilarning klublari bilan rasmiy muzokaralar boshlangan tasdiqlanmadi.

Asosiy transfer qarorlari yozgi transfer oynasida qabul qilinishi kutilmoqda. Klubning moliyaviy imkoniyatlari chempionatdagi yakuniy o‘rin va Chempionlar ligasida ishtirok etishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!