“Manchester Yunayted” kerakmas o‘yinchidan qutilish yo‘lini topdi

  • 21 aprel, 07:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida kutilmagan ishga qo‘l uradigan bo‘ldi.

Manchesterliklar bosh murabbiy Ruben Amorimga kerak bo‘lmay qolgan Markus Reshfordni “Aston Villa” hujumchisi Olli Uotkinsga almashtirmoqchi.

27 yoshli Reshford o‘yin amaliyotisiz qolib ketganidan keyin yanvar oyida “Manchester Yunayted”dan ijara asosida “Aston Villa”ga ko‘chib o‘tgandi.

Shundan beri Angliya terma jamoasi o‘yinchisi 15 ta o‘yinda 3 ta gol hamda 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib,  yuqori sport formasini tiklab olganini ko‘rsatdi. Biroq “Yunayted” o‘z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarmoqchi emas.

Ular boshqa hujumchi qidiryapti va bu pozitsiyaga Olli Uotkinsni olib kelishga tayyor. Bu forvard joriy mavsum “Aston Villa” safida 48 o‘yinda 16 ta gol va 13 ta assist qayd etdi.

Qiziq jihati shundaki, PSJga qarshi Chempionlar Ligasi chorak finalida “Aston Villa” ustozi Unai Emeri aynan Reshfordni asosiy tarkibda maydonga tushirgan va Uotkinsni zaxirada qoldirgandi.

Ta’kidlash joizki, Ruben Amorim boshchiligidagi “Manchester Yunayted” hujum chizig‘ida muammolarga duch kelmoqda. Joshua Zirkzee ham, Rasmus Xoylund ham asosiy hujumchi sifatida kutilgan darajada o‘yin ko‘rsata olishmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!