“Manchester Yunayted” ko‘p gol uradigan hujumchini olmoqchi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoaga ko‘p gol ura oladigan yagona bir hujumchi olib kelishni rejalashtiryapti
Niderlandiyalik murabbiyga “Nyukasl” forvardi Aleksandr Isaak nomzodi ma’qul keldi. Joriy mavsumda ham to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan shvetsiyalik hujumchi manchesterliklar e’tiborini qozondi.
24 yoshli futbolchi “Nyukasl” safiga o‘tgan yili qo‘shilgandi. “Qarg‘alar” tajribali o‘yinchini 70 million evroga transfer qilgan va 2028 yilning 30 iyunigacha shartnoma imzolagan.
Aleksandr Isaak joriy mavsumda ettita o‘yinda raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi.

Fikrlar