"Manchester Yunayted" Lingardga yangi shartnoma taklif qiladi

  • 09.06.2019 13:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachi Jessi Lingard bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda Daily Express nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 26 yoshli angliyalik futbolchiga uzoq yillik shartnoma taklif qilishmoqda. Agar u ushbu kelishuvni imzolasa, yiliga 7,5 mln evro maosh olishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, Lingardning amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan va unga ko‘ra u yiliga 5,8 mln evro maosh olmoqda.

Ma’lumot uchun, Lingard ortda qolgan mavsum “Manchester Yunayted” safida 36ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!