
"Manchester Yunayted" Lyuk Shouni noma’lum muddatga yo‘qotdi
Xabaringiz bor ayni damda “Manchester Yunayted” APLning 3-turi doirasida “Kristal Pelas”ni qabul qilmoqda.
Afsuski, uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq “qizil iblislar” himoyachisi Lyuk Shou jarohat oldi va o‘zini zaxiraga olishlarini so‘radi. Uning o‘rniga esa uchrashuvni Eshli Yang davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, birinchi bo‘limdan so‘ng hisob 0:1, “Kristal Pelas” oldinda.
Fikrlar