
“Manchester Yunayted” mana shu to‘rt futbolchidan qutilsa, top-jamoa aylanadi!
“Manchester Yunayted” oldingi mavqeiga qaytishga urinmoqda. Mavsum manchesterliklar uchun avvalgilariga qaraganda, ancha muvafaqiyatli davom etmoqda.
Biroq, ayrim mutaxassislar Erik ten Xag shogirdlarini top-jamoalar qatoriga qo‘shishi uchun tarkibni kuchaytirish barobarida ayrim o‘yinchilar bilan xayrlashishi lozimligini ta’kidlashmoqda.
Birinchi navbatda, jamoaga yangi darvozabon kerak. David de Xea klubga kelganidan beri futbol ancha o‘zgardi va ispan darvozaboni o‘ziga qo‘yiladigan talablarni bajara olmaydi. Xususan, oyoqda o‘ynay olmaydi va golga olib keladigan xatolarga yo‘l qo‘yishga ko‘nikib qolgan.
Jahonning eng qimmatbaho himoyachisi Harri Maguayr “Manchester Yunayted”da o‘ynashga psixologik jihatdan tayyor emas.
Viktor Lindelof ham ishonchni oqlamadi. Manchesterliklar shved himoyachisini yorqin yulduzga aylanishini kutgandi. Harakatlarida o‘ziga bo‘lgan ishonch etishmayotgan va ko‘p xatoga yo‘l qo‘yadigan himoyachi Premer-liga darajasiga ko‘tarila olmadi.
Qimmatbaho transfer egasi bo‘lgan Antoni Marsyal ham “Oltin to‘p”ga da’vogar bo‘ladigan salohiyatga ega yosh o‘yinchi sifatida olib kelingan edi. Uzoq yillardan beri “Old Trafford”da to‘p tepayotganiga qaramay, kutilgan darajada etolmadi.
Fikrlar