“Manchester Yunayted” Neymarni olish yo‘lini topdi

  • 23 may, 2023, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar yozda jamoasini almashtirishi kutilmoqda. Matbuotning tinimsiz tanqidi va fanatlar noroziligidan charchagan braziliyalik yulduz nihoyat Parijdan ketishga qaror qildi.

Tecno

Angliya Premer-ligasi vakili “Manchester Yunayted” 31 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Manchesterliklar Neymarni bir mavsum ijaraga olishni rejashtiryapti.

Parij klubi rahbariyati hozircha xaridorlardan Neymarni to‘liq transfer qilishni talab etmoqda. Biroq, jarohatini kelasi mavsum boshigacha davolatishga majbur bo‘layotgan qimmatbaho futbolchini hech bir klub to‘liq sotib olmaydi.

Transfer mutaxassislar eng yaxshi variant keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berish ekanini ta’kidlamoqda.

Neymar joriy mavsumda barcha turnirlarda 29 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 17 ta assist rasmiylashtirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!