“Manchester Yunayted” orzusidagi transfer amalga oshishi mumkin

  • 9 avgust, 2024, 14:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizil iblislar” ustozi Erik ten Xag bir necha mavsumdan beri "Barselona" futbolchisi Frenki de Yongni o‘z jamoasida ko‘rishni istayapti.

"Kataloniyalik"lar moliyaviy muammolarni hal etish uchun bir necha futbolchilarni sotishiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu sababli, hozirda jamoani tark etish uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatida Frenki de Yong va Ronald Arauxo joy olgan.

Ma’lumot o‘rnida, De Yongning Transfermarktdagi narxi 70 million evro bo‘lib, hozirda La Liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!