
“Manchester Yunayted” o‘yinchilar Erik ten Xagdan norozi
“Manchester Yunayted” futbolchilari bosh murabbiy Erik ten Xagning ish uslubidan norozi ekanliklarini bildirmoqda.
The Athletic nashrining xabar berishicha, niderlandiyalik mutaxassis taktik masalalarga juda ko‘r vaqt sarflaydi. Manchesterlik futbolchilar esa, bu borada 20 daqiqadan bir soatgacha bo‘lgan vaqtda taktika bo‘yicha topshiriqlarni olib o‘rgangan.
Ayniqsa, tajribali o‘yinchilarga Erik ten Xagning taktik sxemalarni qayta-qayta o‘rgataverishi yoqmayapti. Klubdagilar bu holat mashg‘ulotlarning ta’sirchanligiga putur etkazishidan xavotirga tushyapti.
Ta’kidlash joizki, joriy mavsumda manchesterliklar barqaror o‘yin namoyish qila olmayapti. Jamoa oldiga kamid Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish vazifasi qo‘yilgan.
Fikrlar