"Manchester Yunayted" o‘z safiga Arturo Vidalni qo‘shib olmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Manchester Evening News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra chililik futbolchining xizmatlariga MYu bosh murabbiyi Joze Mourinyuning shaxsan o‘zi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Boisi, portugaliyalik mutaxassisga mavsum yakunlangach jamoadan ketishi kutilayotgan Maruan Fellayni va faoliyatini yakunlaydigan Maykl Kerrikning o‘rniga munosib futbolchi kerak.

Xabarlarga qaraganda MYu yozgi transferlar davrida 2ta yarim himoyachi sotib olishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!