"Manchester Yunayted" Pogbani 8 avgustdan keyin sotmaydi. Chunki...

  • 14.07.2019 17:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa xavbeki PolPogbaning transferi masalasida qaysi muddatgacha muzokaralar olib borishini ma’lum qildi.

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” frantsiyalik futbolchini 8 avgustdan keyin sotishmaydi. Ta’kidlash kerakki, shu kundan keyin APLda transfer oynasi yopiladi va mankuanliklarda Pogbaning o‘rniga futbolchi sotib olish imkoniyati qolmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Pogba uchun Madridning “Real” klubi asosiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda. Biroq, MYu uni 170 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Ispaniyada transfer oynasi 2 sentyabrgacha ochiq bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!