"Manchester Yunayted" Reshford bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishib oldi

  • 18.06.2019 12:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" forvardi Markus Reshford klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.

Yangi kelishuvga ko‘ra 21 yoshli angliyalik futbolchining maoshi oshiriladi va u haftasiga 335 ming evro maosh oladi.

Qayd etish lozimki, 27ta o‘yinda bor yo‘g‘i 2ta gol urgan Aleksis Sanchesning ayni damdagi haftalik maoshi 565 ming evroni tashkil etadi. Reshford hisobida esa 47ta o‘yinda 13ta gol mavjud.

Ma’lumot uchun, Reshford va MYu o‘rtasidagi kelishuv 2020 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Bundan avvalroq unga Madridning “Real” klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!