
“Manchester Yunayted”: Ronaldu chetda qolib ketdi!
Britaniyaning FOURFOURTWO nashri “Manchester Yunayted” tarixidagi eng zo‘r futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Klubning ayni paytdagi etakchisi Krishtianu Ronaldu ushbu reytingda kuchli o‘nlikka kira olmadi.
Nashr reytingida “Manchester Yunayted” tarixidagi eng kuchli o‘yinchi sifatida Rayan Giggz qayd etilgan. Kuchli uchlikdan Bobbi Charlton va Jorj Best o‘rin oldi.
Ulardan keyingi pog‘onalarni Brayan Robson, Erik Kantona, Denis Lou, Dunkan Edvards, Peter Shmeyxel, Ueyn Runi va Pol Skoulz egallagan.
Krishtianu Ronaldu esa 12-qatorda qayd etildi.
Fikrlar