“Manchester Yunayted” Sanchoni oshxonaga ham kirgizmay qo‘ydi

  • 29 oktabr, 2023, 13:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” mutasaddilari bosh murabbiy Erik ten Xag  bilan urishib qolgan va undan uzr so‘rashdan bosh tortayotgan Jeydon Sanchoni jamoaga umuman yaqinlashtirmayapti.

Tecno

Taniqli jurnalist Lori Uituellning xabar berishicha, klub rahbariyati 23 yoshli futbolchiga klub oshxonasiga kirishni ham ta’qiqlab qo‘ydi.

Endi Sancho alohida ajratilgan joyda ovqatlanyapti va unga taomni etkazib berishyapti.

Avvalroq, Jeydon Sancho asosiy tarkib mashg‘ulotlaridan chetlatilgan edi.

Klub rahbariyati qishki transferlar vaqtida o‘yinchini ijaraga berib yubormoqchi. Jeydon Sancho esa, Erik ten Xagning ishdan bo‘shatilishini kutyapti.

Keyingi paytda klub rahbariyati jamoa ko‘rsatayotgan o‘yindan qoniqmayotgani va bosh murabbiylikka munosib nomzod qidirayotgani haqida xabarlar ko‘p chiqyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
-!-NAVIGATOR-!-
29/10/2023 17:40
Ten Xagni quritish kerak o‘zi