“Manchester Yunayted” Shomurodov tufayli superto‘purarga ega bo‘lishi mumkin!

  • 13 avgust, 2022, 21:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropada yozgi transfer oynasi oxiriga yaqinlashgani sari o‘z oldiga yangi futbolchilarni olishni maqsad qilgan jamoalar harakatlarini kuchaytirishiga to‘g‘ri kelmoqda. Tabiiyki, bu jarayonda turli klublarning manfaatlari bir-biri bilan kesishib qolmoqda.

“Manchester Yunayted” ayni paytda yana bir hujumchiga muhtoj. Krishtianu Ronaldu ham ketib qolishi mumkin.

18eab0dc069566cdce9eeb4436d28dea-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_835Xh_0

Manchesterliklar nishonida ikki hujumchi – “Atletiko” vakili Alvaro Morata va “Torino”bilan hamkorlikni to‘xtatgan erkin agent Andrea Belotti bor.

“Real” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan va turli jamoalarda to‘purarlik qobiliyatini namoyon etgan Alvaro Moratani olish uchun manchesterliklar kamida 25 million evro sarflashiga to‘g‘ri keladi. “Atletiko” ispan hujumchisiga bog‘lanib qolmagan bo‘lsa-da, uning uchun taxminan shuncha badal puli so‘raydi.

“Manchester Yunayted” Alvaro Morata transferi uchun talab qilinadigan mablag‘ evaziga Andrea Belottining bir necha yillik maoshini to‘lashi mumkin. Shuning uchun ham italiyalik hujumchini olish angliyaliklar uchun ancha qulay.

Andrea Belotti Joze Mourino va Paulo Dibala ta’sirida “Roma”ga o‘tishga rozilik bergan. Italiya terma jamoasi hujumchisi rimliklar bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan. “Bo‘rilar” intizorlik bilan uni kutmoqda.

Lekin Belotti transferi Eldor Shomurodovga bog‘liq bo‘lib turibdi. “Roma” moliyaviy feyr-pleyni buzmaslik uchun Belotti bilan shartnoma tuzishdan avval o‘zbekistonlik legionerni boshqa jamoaga o‘tkazib yuborishi kerak.

Joze Mourinoning Shomurodov borasidagi fikri bir necha marotaba o‘tgardi. Lekin oxir-oqibat Eldor bilan xayrlashishga qaror qildi.

Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olishni istagan klublar ko‘p bo‘ldi. Italiyaning o‘zidan “Montsa”, “Torino”, “Sassuolo”, “Bolonya”, Angliyadan “Vulverxempton”, Turkiyadan “Galatasaroy “ va “Trabzonspor”, Saudiya Arabistonidan “Al-Hilol” va Germaniya tomonlardan xaridorlar chiqqani haqida ma’lumotlar tarqatildi.

Shomurodovni olish uchun aniq taklif bildirgan turk klublariga Eldor Shomurodov rad javobini bergani aytilmoqda. O‘zbek hujumchisi faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishni ma’qul ko‘rgani unga qiziqish bildirayotgan jamoalar geografiyasini cheklab qo‘ydi.

A Seriya vakillaridan “Bolonya” ancha jiddiy muzokaralarni amalga oshirdi. Bu jamoa bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich hamyurtimizni asosiy tarkibga mo‘ljallamoqda. “Bolonya” Joze Mourino qadrlamagan o‘yinchimizni ijaraga olish va keyinchalik 11 million evrogacha bo‘lgan mablag‘ evaziga sotib olish huquqini berishni so‘radi.

“Roma”ning ikki talabi xaridorlarni cho‘chitmoqda. Ular  Shomurodovni ijaraga olmoqchi bo‘layotgan klublardan futbolchini sotib olish huquqi o‘rniga xarid qilish majburiyatini yuklamoqchi bo‘lyapti.

Bundan tashqari, Shomurodov transferidan moddiy ziyonni pasaytirish uchun uning narxini 14 million evroga baholayapti. Buni tushunish mumkin. Rimliklar Joze Mourino talabini bajarish uchun o‘tgan yoz Shomurodov transferiga 18 million evro xarajat qilgan. Endi uni sotganda, narxdagi tafovutni sezilarli darajada kamaytirish kerak.

Xullas, Andrea Belottining “Roma”ga transferi Shomurodovga bog‘liq. Shu ma’noda, italiyalik hujumchi “Manchester Yunayted” taklifini ham qabul qilishi mumkin. Chunki “Roma” talabi asosida Shomurodovni oladigan jamoa topilmayapti. Belotti esa, yozgi transferlar oynasi yopilgunicha, biror jamoa tarkibiga qo‘shilishi kerak.

128458_7j9cdg5

Vaziyat shu taqlid davom etsa, “Manchester Yunayted” Shomurodov tufayli tajribali hujumchiga ega bo‘lishi mumkin.

Shomurodovga hech qachon xaridor bo‘lmaganmiz!

“Roma” Shomurodov uchun so‘rayotgan yangi narx “Bolonya”ni jumbushga keltirdi!

Bizda ham ayb bor. Shahboz Umarovni boshqacha jazolash kerak edi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!