
“Manchester Yunayted” Shomurodovga qarshi o‘ynagan futbolchini oladi
“Manchester Yunayted” ayni paytda yozgi transferlar bo‘yicha ish olib bormoqda. Sulsher jamoani kuchaytirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatiga “Fiorentina” markaziy himoyachisi Nikola Milenkovichni ham kiritdi.
Bu futbolchi “Fiorentina”ning “Jenoa”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvida Eldor Shomurodovga qarshi o‘ynagan edi va bahs yakunida gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgandi.
22 yoshli serbiyalik futbolchining florentsiyaliklar bilan amaldagi kelishuvi 2022 yilning yozida yakunlanadi. Milenkovichning o‘zi hozirgi klubining yangi bitim borasidagi takliflarini rad etmoqda va o‘z imkoniyatlarini kuchliroq jamoalarda sinayu ko‘rmoqchi.
Nikola Milenkovichga manchesterliklardan tashqari, “Tottenxem”, “Milan” va “Yuventus”dan ham qiziqish bo‘lmoqda.
Fikrlar