
“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi
"Manchester Yunayted" hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun bir qancha futbolchilar nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Xususan, ular "Barselona"ni tark etishga yaqin turgan Memfis Depayni ortga qaytarish haqida o‘ylamoqda. “Mundo Deportivo” nashri xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchining yozda "Old Trafford"ga qaytishi ehtimoli juda ham baland.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda Depay PSVdan 35 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga o‘tgan, biroq bir necha yil o‘tib, u mankunianliklar safida etarli darajada o‘ynay olmagani uchun “qizil iblislar” safini tark etishga qaror qildi.
Oldinroq, Depayga Angliya Premer ligasining yana ikki top-klubi “Arsenal” va “Tottenxem” ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Biroq hozircha bu mish-mishlar haqida ham to‘liq ma’lumot yo‘q.
Fikrlar