"Manchester Yunayted" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasi 23-turida "Manchester Yunayted" "Everton" qabul qildi.

O‘yin mankunianlar hujumlari ostida o‘tdi. Avvaliga, 25-daqiqada Edinson Kavani hisobni ochdi, birinchi taym so‘ngida Brunu Fernandesh darvozabon ustidan to‘pni oshirib qo‘ydi. 49-daqiqada Abduleye Dukure hisobni qisqartirdi, uch daqiqa o‘tib, Xames Rodriges jarima maydoni ichidan darvozaga aniq zarba berdi. 70-daqiqada Skott Maktominey jarima zarbasidan so‘ng, to‘pni darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi. O‘yinning oxirida Dominik Kalvert-Lyuin raqib darvozasiga to‘pni joylab qo‘ydi.

Ushbu durangdan so‘ng, "Manchester Yunayted" 23-turdan so‘ng 45 ochko to‘plab ikkinchi o‘rinda qoldi, "Everton" esa 21 o‘yinda 37 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi.

O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!