“Manchester Yunayted” so‘nib qolgan qimmat yulduzdan qutildi

  • 25 yanvar, 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati braziliyalik qanot hujumchisi Antonini vaqtinchalik boshqa ligaga qo‘yib yuboradigan bo‘ldi.

Tecno

24 yoshli futbolchi faoliyatini ijara asosida Ispaniya chempionati vakili “Betis”da davom ettiradi. Bu haqida jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar transfer bo‘yicha barcha masalalarda kelishuvga erishgan va hujjatlar tekshiruvdan o‘tkazilgan. Hamkorlik 2025 yilning 30 iyunigacha davom etadi. Bitim bo‘yicha ispan klubida o‘yinchini sotib olish huquqi yo‘q.

Antonining olti oylik maoshini har ikki klub bo‘lib to‘laydigan bo‘ldi.

“Manchester Yunayted” iste’dodli hujumchini 2022 yilning yozida 95 million evroga transfer qilgan edi. Biroq Antoni Angliya chempionatiga moslasha olmadi va bora-bora asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotdi.

Transfermarkt portali 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchini 20 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!