"Manchester Yunayted" tez orada "Kristal Pelas" himoyachisi bilan shartnoma imzolaydi
Londonning "Kristal Pelas" klubi himoyachisi Aaron Uan-Bissaka tez orada "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanadi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “qizil iblislar” 21 yoshli futbolchi uchun londonliklarga 47,5 mln evro to‘lashadi.
Ta’kidlash kerakki, "Kristal Pelas" dastlab Uan-Bissakani 60 mln evroga baholayotgan edi. Biroq, mankuanliklar uning narxini tushirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ma’lumot uchun, Aaron Uan-Bissaka o‘tgan mavsum "Kristal Pelas" safida jami 39ta o‘yinda maydonga tushdi va 4ta golga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar