"Manchester Yunayted" tez orada "Kristal Pelas" himoyachisini rekord mablag‘ evaziga sotib oladi
"Kristal Pelas" himoyachisi Aaron Uan-Bissaka yaqin vaqtlar ichida "Manchester Yunayted" a’zosiga aylanishi mumkin. Bu haqda Daily Record nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga qaraganda 21 yoshli angliyalik futbolchining transferi masalasida har ikkala klub o‘zaro kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra “qizil iblislar” Uan-Bissaka uchun londonliklarga 62 mln evro to‘lashadi.
E’tiborlisi, agar ushbu transfer amalga oshsa, Uan-Bissaka dunyoning eng qimmat qanot himoyachisiga aylanadi. Hozircha ushbu rekord "Manchester Siti" himoyachisi Benjamen Mendiga tegishli. “Shaharliklar” uni 2017 yil “Monako”dan naqd 57,5 million evroga xarid qilishgan edi.
Ma’lumot uchun, Uan-Bissaka o‘tgan mavsum "Kristal Pelas" safida jami 39ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 4ta goliga assistentlik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar