
"Manchester Yunayted" Uels terma jamoasi a’zosi bilan shartnoma imzoladi
"Suonsi" klubi yarim himoyachisi Deniel Jeyms "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Hozircha “qizil iblislar” 21 yoshli uelslik futbolchi uchun qancha to‘lagani haqida xabarlar oshkor etilmayapti. Ammo, bundan avvalroq ushbu transfer 17 mln evroga baholanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Jeyms “Suonsi” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan mavsum Chempionshipda 33ta o‘yinda maydonga tushdi va 4ta gol urishga erishdi. Uels terma jamoasi safida esa 2ta o‘yin o‘tkazib, 1ta golga mualliflik qilgan.
Fikrlar