“Manchester Yunayted” va “Chelsi” chuchvarani hom sanabdi

  • 23 iyun, 2022, 17:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" rahbariyati jamoa himoyachisi Matteys de Ligt bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Tecno

Goal nashri jurnalisti Romeo Agrestining xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchining agenti Rafaela Pimenta bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda klub vakillari futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida qat’iy niyatlari borligini bildirishgan. Aytish kerakki, futbolchining turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

Avvalroq himoyachiga “Manchester Yunayted” va “Chelsi” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

22 yoshli de Ligt o‘tgan mavsum “Yuventus” safida A Seriyada 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!