"Manchester Yunayted" va "Liverpul" o‘rtasidagi qoldirilgan o‘yin sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 5 may, 2021, 23:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer ligasi «Manchester Yunayted» va «Liverpul» o‘rtasidagi qoldirilgan uchrashuv sanasini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra ushbu qarama-qarshilik 13 may kuni bo‘lib o‘tadi. Dastlab, o‘yin 2 may kuni o‘tkazilishi kerak edi. Ammo mankunianlik muxlislarning klub egalari - Gleyzerlar oilasiga qarshi noroziliklari tufayli bellashuv qoldirildi. Norozilik aktsiyasi payti ishqibozlar stadionga bostirib kirdi.

Shuningdek, 12 mayga belgilangan "Manchester Yunayted" – "Lester" uchrashuvining sanasi ham o‘zgardi. Mazkur bahs bir kun avval - 11 mayda o‘tkaziladi.

MYu chempionat doirasida 33-turdan so‘ng, 67 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. "Liverpul" esa 33 o‘yinda 54 ochko jamg‘argan holda 7-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!