"Manchester Yunayted" yana bir hujumchi uchun 60 million evro sarflashga tayyor
Italiyalik hujumchi Mateo Retegi Evropaga qaytishi mumkin. "Fichajes" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Saudiyaning "Al-Qodisiya" klubiga tegishli 26 yoshli futbolchi bilan "Manchester Yunayted" qiziqmoqda.
"Qizil iblislar" Retegini yozgi transfer oynasida xarid qilishni rejalashtirmoqda va bu uchun taxminan 60 million evro ajratishi mumkin.
Ma’lumki, Retegi Saudiya chempionatiga ketishidan oldin Italiyaning "Atalanta" jamoasi sharafini himoya qilgan. Hozirda u "Al-Qodisiya" bilan 2028 yil o‘rtalarigacha shartnomaga ega.
Fikrlar