“Manchester Yunayted” yana ikkita katta transferga qo‘l uradi
Ruben Amorim yangi mavsum oldidan “Manchester Yunayted” tarkibiga o‘zi istagan o‘yinchilarni jalb qilib, rejasiga kirmaganlardan qutilishga harakat qilmoqda.
Manchesterliklar hozirgacha uchta transfer bilan jamoaning hujumkorlik salohiyatini oshirdi. Tarkibga Mateus Kunya, Brayan Mbemo va Benjamin Sheshko qo‘shildi.
The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, “Olt Trafford” egalari yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar yana ikkita katta transferga qo‘l urmoqchi.
Ruben Amorim tarkib mukammal shakllanishi uchun unga tayanch yarim himoyachi va mahoratli darvozabon kerakligini ta’kidladi.
Shundan kelib chiqib, manchemterliklar maydon markazini mustahkamlash uchun “Brayton” yarim himoyachisi Karlos Baleba transferi bo‘yicha ish boshladi.
Darvozabon masalasida ular ikkita nomzodga to‘xtaldi. Asosiy nishon sifatida PSJ transferga qo‘ygan Janluiji Donnarumma ko‘rsatilyapti. Shuningdek, manchesterliklar oldida “Aston Villa” posboni Emiliano Martines ham bor.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu transferlarni amalga oshirishdan oldin “Manchester Yunayted” tarkibdagi ayrim o‘yinchilarni sotib yuborishi talab etiladi.
Fikrlar