
“Manchester Yunayted” yangi futbolchi topdi
“Manchester Yunayted”ning himoyadagi o‘yini rahbariyatga ham, muxlislarga ham yoqmayapti. Chempionlik uchun kurashishi kutilgan jamoa juda ko‘p gol o‘tkazmoqda. Shuning uchun klub rahbariyati kuchli himoyachi olishga qaror qildi.
Aslida Erik Bayining o‘yinidan umuman qoniqmayotgan Sulsher o‘z shogirdlari orasida Dayo Upamekano va Kalidu Kulibalini ko‘rmoqchi edi. Biroq ular Manchesterga kelgan taqdirda ham Angliya futboliga moslashishi uchun vaqt kerak bo‘ladi.
“Manchester Yunayted” himoyachi masalasini ichki chempionat doirasida hal qilmoqchi. Hozircha, tanlov “Byornli” vakili Jeyms Tarkovskida to‘xtadi. Yozda “Vest Xem” bu futbolchi uchun 28 million funt taklif qilib, rad javobini olgandi.
“Byornli” etakchi futbolchisi transferidan 50 million funt ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar