
“Manchester Yunayted” yanvarda uch futbolchidan voz kechmoqda
Sky Sports News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Manchester Yunayted” rahbariyati tarkibni tozalashga qaror qilgan.
Erik ten Xag qishki transferlar vaqtida uch futbolchidan voz kechishni ma’qul topdi. Yangi yilning birinchi oyida bosh murabbiy bilan urishib qolgan Jeydon Sancho, yangi shartnomani qabul qilmasligini bildirgan Antoni Marsyal va asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan Gannibal Mejbri o‘ziga tezroq yangi jamoa tanlashi kerak.
SO‘nggi xabarlarda Marsyalga “Fenerbahche”, Mejbriga “Sevilya”, Sanchoga “Borussiya” qiziqish bildirayotgani yoritildi.
Ketadiganlar ro‘yxatiga tushgan o‘yinchilar sotib yuborilishi yoki ijaraga berilishi mumkin.
Fikrlar