
"Manchester Yunayted" yozda "Sevilya" to‘purarini sotib olishga urunib ko‘radi
Ispaniyaning "Sevilya" klubi hujumchisi Vissam Ben-Yedder faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan. “Qizil iblislar” ushbu futbolchi uchun andalusiyaliklarga 35 mln evro taklif qilishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Ben-Yedder joriy mavsum 42ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 27ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar