
"Manchester Yunayted" yozgi transferlar uchun bir nechta nomzodlarni belgiladi
Angliyaning mashhur klubi "Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida faol harakat qilishni rejalashtirmoqda. "Daily Mail" nashrining yozishicha, klub bir nechta futbolchilarni yozda o‘z safiga qo‘shish niyatida.
Aynan, mankunyanliklar quyidagi nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda:
Viktor Osimxen ("Napoli")
Xavi Simons ("RB Leyptsig")
Benyamin Sheshko ("RB Leyptsig")
Eberechi Eze ("Kristal Pelas")
Entoyn Semeno ("Bornmut")
Shu bilan birga, jamoa safidagi bir qator futbolchilar ham yozda klubni tark etishi mumkin. Ular orasida Alexandro Garnacho, Markus Reshford, Antoni va Kazemiro kabi nomlar bor. Ammo ular uchun "mo‘’tadil narx" belgilash oson bo‘lmasligi ta’kidlangan.
Fikrlar