"Manchester Yunayted" yozgi transferlar uchun qancha pul sarflamoqchi?

  • 28 may, 2021, 17:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” joriy yozgi transferlar davrida tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilmoqchi. The Guardian nashrining yozishicha, “qizil iblislar” bu borada 4 ta futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘ygan.

Tecno

Mankunianlarning short-listida himoyachi Pau Torres, yarim himoyachi Deklan Rays, qanot yarim himoyachisi Jeydon Sancho va markaziy hujumchi Harri Keyn bor. “Manchester Yunayted” ushbu transferlar uchun 350 million evro ajratmoqchi.

Ule Gunnar Sulsher boshchiligidagi jamoa yakunlangan mavsum APLda 2-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, UEFA Evropa ligasi finaliga qadar etib bordi.

Bundan avvalroq, “Manchester Yunayted” “Atletiko” bilan o‘zaro darvozabon almashtirmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!