“Manchester Yunayted” “Yuventus” futbolchisini sotib olishi mumkin

  • 18 avgust, 2022, 15:45
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

h“Sky Sports” nashri jurnalisti Florian Plettenbergning xabar berishicha, "Manchester Yunayted" "Yuventus" yarim himoyachisi Ueston Makkenniga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Ingliz klubi hozircha 23 yoshli amerikalik futbolchi borasida rasmiy so‘rov bilan chiqqani yo‘q, biroq futbolchining o‘zi mankunianliklar safiga o‘tishga qarshi emas.

Ammo shuni ham ta’kidlash kerakki, katta ehtimol bilan futbolchi 2022/23 yilgi mavsum "Yuventus"ni tark etmaydi. Boisi, Massimiliano Allegri amerikalik futbolchiga ishonch bildirmoqchi.

Makkenni “Yuventus”da 2020 yil sentyabridan buyon to‘p tepadi va jamoa safida 76 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali yarim himoyachining narxini 25 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!