
“Manchester Yunayted” zo‘r to‘purarga rekord darajada xarajat qiladi
“Manchester Yunayted” rahbariyati “Napoli” to‘purari Viktor Osimxenni olib kelish uchun hech qanday mablag‘ni ayamasligini bildirdi.
La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar nigeriyalik hujumchi uchun Italiya klubiga 107 million evro berishga tayyor. Agar bu savdo amalga oshsa, “Yunayted” o‘zining transfer rekordini yangilaydi.
“Manchester Yunayted” o‘z tarixida eng katta pulni Pol Pogbaga sarflagan. Ular 2016 ytli frantsiyalik yarim himoyachini 105 million evroga transfer qilgan.
Viktor Osimxen hozircha A Seriyada 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.
Fikrlar