"Manchester Yunayted"da sardor o‘zgarishi mumkin

  • 11 oktabr, 2020, 17:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" sardori Xarri Maguayr sardorlik bog‘ichidan mahrum qilinishi mumkin.

Tecno

Ekvadorlik himoyachi Antonio Valensiya ingliz klubini tark etganidan so‘ng, jamoa ustozi Ule Gunnar Sulsher liderlik vazifasini 2019 yil yozida mankuniyaliklarning eng qimmat transferiga aylangan Maguayrga topshirgan edi.

Mavsumlar oralig‘ida Gretsiyada yuz bergan ko‘ngilsiz voqea, klubning APLdagi omadsiz starti va "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda Antoni Marsyal bilan bog‘liq vaziyatdan norozi bo‘lgan klub muxlislari Maguayrni sardorlik bog‘ichidan mahrum qilishni talab etmoqda.

Britaniya matbuotiga ko‘ra, darvozabon David De Xea yoki yarim himoyachi Brunu Fernandesh mavsum so‘nggigacha sardor sifatiga tayinlanishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!