"Manchester Yunayted"ga nima etishmayapti?

  • 20 yanvar, 2023, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Manchester Yunayted» oxirgi marta 2013 yilda APL chempionligini qo‘lga kiritgan. Keyin afsonaviy ser Aleks Fergyuson "qizil iblislar" murabbiyligini tark etdi. O‘shandan beri mankunianliklar muntazam ravishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Jamoaning sobiq futbolchisi Jessi Lingard bu boradagi muammolardan birini aytdi.

Tecno

"Manchester Yunayted" hamma narsada orqada. "Manchester Siti" va "Tottenxem"ning inshootlariga qarang. Ular ancha oldinda. Futbolchilar zamonaviy narsalarni xohlashadi, yaxshi sharoitlarga ega bo‘lishni itashadi ... ", - dedi Lingard Record nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” ayni damda APL turnir jadvalida “Arsenal” va “Manchester Siti”dan keyin 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!