“Manchester Yunayted”ni boshqarishga besh nomzod

  • 6 noyabr, 2023, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xag “Manchester Yunayted”ni engilmas jamoaga aylantira olmadi. Jamoa g‘alaba qozongan o‘yinlarda ham rahbariyat va muxlislarga yoqadigan o‘yin namoyish qila olmayapti.

Klub xo‘jayinlari boshqa bosh murabbiy olib kelishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, ro‘yxatda besh nafar mutaxassis bor.

Ruben Amorim – bu mutaxassis  2021 yili “Sporting”ni chempion qildi. Muxlislar bu natijani 19 yil kutgandi.  38 yoshli murabbiy taktik sxema tanlashga usta hisoblanadi.

Xulen Lopetegi – ispaniyalik mutaxassis o‘tgan mavsumda “Vulverxempton”ni boshqargandi. Rahbariyati uni transferlar bilan qo‘llab-quvvatlamagani uchun mavsum boshlanishidan oldin jamoani tark etdi. 57 yoshli murabbiy jiddiy klubda ishlamoqchi.

Maykl Karrik – “Manchester Yunayted”ni undan yaxshi biladigan mutaxassis bo‘lmasa kerak. Futbolchi sifatida u jamoada o‘n yildan ortiq to‘p tepgan Maykl bustani mixga ilgach, Joze Mourino va Ule-Gunnar Sulsher murabbiylar shtabida ishladi. 42 yoshli murabbiy “Midlsbro”ni boshqaryapti.

Diego Simeone – 12 yildan beri “Atletiko”ni boshqarib kelyapti. Agentinalik mutaxassis madridliklar bilan ikki marta Ispaniya chempioni bo‘ldi, ikki bor Evropa Ligasi va mamlakat kubogida zafar quchdi.

53 yoshli mutaxassis himoyadagi o‘yinni mustahkam qurishi bilan mashhur. Diego Simeone jamoalari kam gol o‘tkazadi.

Zinedin Zidan – bungacha faqat “Real”da ishlagan. Qisqa fursatda ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritgan. Lekin 2021 yili Madridni tark etganidan beri ishsiz yuribdi. Zidan Frantsiya terma jamoasini boshqarishni orzu qiladi. Lekin hozirgi bosh murabbiy Dide Desham qayd etayotgan natijalar bunga imkon bermayapti.

51 yoshli Zidanga “Yuventus”, “Marsel” va PSJ kabi klublar ham qiziqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!