
"Manchester Yunayted"ni dog‘da qoldirishdi
"Atletiko" Madrid himoyachisi Kiran Tripper Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.
Italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 31 yoshli angliyalik futbolchiga “Nyukasl”dan taklif bo‘lmoqda.
Yuqoridagi manbaning xabariga ko‘ra, klublar ushbu transferning barcha tomonlarini kelishib bo‘lgan va yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi. Aytish kerakki, "Nyukasl" futbolchi uchun raqobatda "Manchester Yunayted"dan ustun keldi.
Joriy mavsumda 31 yoshli Tripper “Atletiko” safida barcha turnirlarda 17ta o‘yin o‘tkazdi.
Fikrlar