"Manchester Yunayted"ni yana bir futbolchi tark etadi

"Sky Sports" nashrining xabiriga ko‘ra, Odion Igalo "Manchester Yunayted" safida boshqa maydonga tushmaydi. Uning "qizil iblislar" bilan ijara muddati 31 yanvargacha mo‘ljallangan edi. Igaloning transfer huquqi Xitoyning "Shanxay Shenxua" jamoasiga tegishli hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Igaloga Qatar va Saudiya Arabistoni jamoalaridan takliflar bor. Mankunianlar Edinson Kavanining transferidan so‘ng, Igalo bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. 

Joriy mavsum nigeriyalik hujumchi 4ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!