"Manchester Yunayted"ning eng muhim futbolchisi kim?

  • 08.01.2023 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasi va "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Patris Evra "qizil iblislar"ning hozirgi tarkibidagi eng muhim futbolchi kimligini aytdi.

“Menimcha, «Manchester Yunayted»dagi eng muhim futbolchi bu Kazemiro. Agar jamoa g‘alaba qozongan o‘yinlarda u tarkibdan olib tashlanganida, jamoa aniq ochko ololmagan bo‘lardi. Kazemironing o‘yin uslubi ajoyib”, - dedi frantsiyalik futbol yulduzi Manchester Evening News nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli braziliyalik yarim himoyachi “Manchester Yunayted” safiga o‘tgan yoz 70 million evro evaziga "Real"dan kelib qo‘shilgan edi.

Kazemiro joriy mavsum premer-ligada 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi, 2 ta golga assistentlik qildi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!