
Manchesterliklar “Barsa”ning yangi yulduzini so‘rayapti
“Manchester Yunayted” kelasi mavsum “Barselona” hujumchisi Vitor Rokening xizmatlaridan foydalanmoqchi.
Manchesterliklar asosiy hujumchiga aylanishi kutilayotgan Rasmus Xyoylunning o‘sishi uchun unga raqobatchi sifatida braziliyalik forvardni ijaraga olib kelishni rejalashtiryapti.
Vitor Roke joriy yilning boshida Kataloniya superklubiga ko‘chib o‘tgandi. Xavi Ernandes boshchiligidagi murabbiylar shtabi 19 yoshli futbolchi asosiy tarkibga kirishi uchun tajribasini oshirishi lozim, deb hisoblaydi.
Klub uni ijaraga berishga tayyor. Vitor Rokeni manchesterliklardan tashqari, “Lion”, “Nitstsa”, “Napoli”, “Sevilya”, “Betis” kabi jamoalar o‘z safiga chorlayapti.
Fikrlar