Manchesterliklar bir o‘yinchi uchun 100 million evrodan ko‘proq to‘laydi
“Manchester Yunayted” rahbariyati tarkibini kuchaytirish maqsadida hali ham “Brayton” yarim himoyachisi Karlos Balebani sotib olish rejasidan voz kechgani yo‘q.
Manchesterliklar bu o‘yinchini o‘tgan yozdayoq olishga qiziqish bildirgan edi, ammo “Brayton” xo‘jayinlari jamoa etakchisini qo‘yib yuborishni istamadi.
Indykaila News ma’lumotlariga ko‘ra, hozir klublar kamerunlik futbolchini 2026 yilda transfer qilish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
“Manchester Yunayted” mutasaddilari suhbat chog‘ida 21 yoshli futbolchi uchun 90 million funt sterling (taxminan 103 million evro) to‘lashga tayyorligini bildirgan.
Karlos Balebaning Transfermarkt saytidagi bahosi — 60 million evro. Uning “Brayton” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.



Fikrlar