
Manchesterliklar darvozaboni Onana Afrikada ham sharmanda bo‘ldi
“Manchester Yunayted” darvozaboni Andre Onana Afrika Millatlar ligasida o‘z yurti sharafini himoya qilish uchun Kamerun terma jamoasi safiga qo‘shilgan edi.
Tajribali posbon Senegalga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdagi harakatlari uchun muxlislardan tanbeh eshitmoqda.
Mashhur golkiper Senegal bilan bahsda o‘z darvozasidan uchta to‘p olib chiqdi. Gollardan biri shartmandali bo‘ldi. Onana raqib hujumchisi Sadio Manening kuchsiz zarbasini qaytara olmadi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda rosa muhokama qilinyapti.
Bundan tashqari, Andre Onana kuchli beshlik ligalarida faoliyat yuritayotgan darvozabonlar orasida joriy mavsumda rasmiy uchrashuvlarda 50 ta gol o‘tkazib yuborgan yagona golkiper bo‘lib turibdi.
Fikrlar