Manchesterliklar hujumchisi uzoq tanaffusdan keyin yana safga qaytadi

  • 31.07.2026 15:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Benyamin Sheshko yangi mavsum boshlanishigacha boldir sohasidagi jarohatidan to‘liq tiklanib, jamoa safiga qaytishi kutilmoqda.

Sheshko ushbu jarohatni 3 may kuni “Liverpul”ga qarshi 3:2 hisobidagi g‘alaba uchrashuvida olgan edi. O‘sha o‘yinda “Yunayted” yangi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritgan.

Jarohat tufayli mashhur hujumchi “Reksem” va “Rusenborg”ga qarshi ilk ikki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yubordi. Biroq The Sun nashri ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli sloveniya­lik o‘yinchining tiklanishi reja bo‘yicha ketmoqda.

Sheshko allaqachon maysali maydonda mashg‘ulotlarni boshladi va hatto yaqinlashib kelayotgan shanba kuni Stokholmda “Atletiko”ga qarshi bahsda maydonga tushishi ham mumkin.

Shunday qilib, u yangi mavsum startgacha yaxshi sport formasini tiklash uchun yetarlicha vaqti ega bo‘ladi. Amalda uning yo‘qligi faqat o‘tgan mavsumning so‘nggi uchta o‘yini bilan cheklanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!