Manchesterliklar ingliz murabbiy olib kelishga qaror qildi

  • 18.09.2026 11:23
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» yangi mavsumni omadsiz boshladi. Shu bois, Angliya nashrlarida jamoada bosh murabbiy almashishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar ko‘paymoqda.

«Manchester Yunayted» o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Maykl Kerrik qo‘l ostida juda kuchli o‘tkazgan edi. U ishdan bo‘shatilgan Ruben Amorim o‘rnini egallab, jamoani qayta ruhlantira olgandi. 

Ammo yangi mavsum startdayoq kutilganidek ketmayapti: Premier-ligada to‘rt turdan so‘ng jamoa atigi to‘rt ochko to‘pladi. Bundan tashqari, MYu Liga kubogida ham o‘z maydonida «Brayton»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

Topskills Sports UK xabariga ko‘ra, agar klub rahbariyati Kerrik bilan xayrlashishga qaror qilsa, uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri sifatida Eddi Xau ko‘rilmoqda. 

Hozircha rasmiy iste’fo masalasi kun tartibiga qo‘yilmagan. Lekin manbaning ta’kidlashicha, yaqin vaqt ichida natijalar yaxshilanmasa, mankunianliklar bosh murabbiyining taqdiri so‘roq ostida qolishi mumkin. Shu bilan birga, Eddi Xauning «Manchester Yunayted»da ishlash g‘oyasiga befarq emasligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!