Manchesterliklar quyi ligaga tushib ketgan hujumchini katta summaga oladi
«Manchester Yunayted» rahbariyati tarkibni kuchaytirish maqsadida «Vest Xem» qanot hujumchisi Krisensio Sammervillni sotib olishga urinib ko'radi. Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, niderlandiyalik vinger uchun kurashda manchesterliklarga «Tottenxem» ham raqobat qilishi mumkin.
«Bol'g'achilar» Sammervillning ehtimoliy transferini 50 million funt sterling (57,5 million yevro) miqdorida baholamoqda.
Hujumchi o'tgan mavsum yakuniga ko'ra Chempionshipga tushib ketgan «Vest Xem» safida o'ynashni istamayapti.
«Manchester Yunayted» 24 yoshli futbolchini qanot hujumchisi Markus Reşfordning o'rnini bosuvchi nomzod sifatida ko'rmoqda.
O'tgan mavsumda Sammervill barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning «Vest Xem» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozorga qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar