
Manchesterliklar “Real”ning eng zo‘r futbolchisini olib ketmoqchi
“Manchester Yunayted” tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirishga urinmoqda. Erik ten Xag hujum chizig‘ida “Real”ning asosiy hujumchisi Vinisius Juniorni ko‘rmoqchi. Bu haqda Fichajes nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik forvard uchun kurashda manchesterliklar hamshaharlari – “Manchester Siti” va “Pari Sen-Jermen” bilan raqobatlashishga tayyor.
“Real” mavsum yakunlangach, o‘z safiga Kilian Mbappeni qo‘shib olishni rejalashtiryapti. Agar bu transfer amalga oshsa, Vinisius o‘ziga yangi jamoa tanlaydi.
Braziliyalik hujumchining o‘zi bir necha marotaba klub Mbappeni oladigan bo‘lsa, jamoadan ketishini ta’kidlagan edi. Chunki har ikki futbolchi maydonda bir pozitsiyada o‘ynaydi.
Transfermarkt portali madridliklar bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega bo‘lgan Vinisius Juniorni 150 million evroga baholamoqda.
Fikrlar